Ibragimovich jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi

  • 7 oktabr, 2018, 12:54
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun MLSning muntazam chempionatida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Zlatan Ibragimovich to‘p tepadigan "Los-Anjeles Gelaksi" klubi safarda "Kanzas Siti"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi.

Mehmonlarlar safidagi yagona gol Zlatan Ibragimovich tomonidan penaltidan kiritildi. Qayd etish joiz, bu Ibragimovichning so‘nggi to‘rt o‘yindagi beshinchi goli bo‘ldi. U to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Bugungi natijadan so‘ng "Los-Anjeles Gelaksi" G‘arbiy Koneferentsiyada ettinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!