
Ibragimovichning "Milan"ga qaytishi qay darajada haqiqatga yaqin?
"Milan" klubi texnik direktori Leonardo "Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovichni yana “rossonerilar” safiga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Zlatanning “Milan” bilan yaqin aloqada ekanligi barchaga ma’lum. Klubga qaytgach haqiqatdan ham Ibragimovich masalasini ko‘rib chiqqanimizni inkor eta olmayman. U – ajoyib futbolchi, ammo hozir uni sotib olishning imkoni yo‘q”, - deydi Leonardo.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich 2011-2012 yillarda “Milan”da to‘p surgan. U joriy mavsum “Los-Anjeles Gelaksi” safida 31ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 21 marta ishg‘ol etgan. "Rossonerilar" uni MLSda bo‘ladigan tanaffus paytida ijaraga olishlari mumkin.
Fikrlar