
Ibrohimovichdan ayrilgan "MYu" birdan ikki superto‘purarni oladi
O‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan "Manchester Yunayted" yozda hujumchi chizig‘ini sezilarli daraada kuchaytirishga qaror qildi.
Jamoaning bugungi kundagi etakchi to‘purari Zlatan Ibrohimovichning og‘ir jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqani va Ueyn Runi ishonchni oqlamayotgani bois Joze Mourino yozda Manchesterga "Torino" va "Atletiko" to‘purarlari - Andrea Belotti va Antuan Grizmanni olib keladi.
Har ikki futbolchining transfer narxi 100 million evroni tashkil qiladi. Grizmann anchadan buyon "Manchester Yunayted"ga o‘tishni ko‘zlab yuripti. Manchesterliklar Belottining transferini Matteo Darmianni "Torino"ga jo‘natish orqali engillashtirmoqchi.
Joriy mavsumda Belotti 27 ta, Grizmann 25 ta gol urdi.
Fikrlar