
Iguain va’da berdi
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain jamoadoshi Janluidji Buffon tomonidan aytilgan qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlarga javob qaytardi.
“Jidjiga tashakkur aytishim joiz. Uning so‘zlari men uchun juda muhim edi. Bu mavsum 30 ta gol kiritishga intilaman”, – deb aytib o‘tdi Iguain.
Ma’lumot uchun, o‘tgan turda “Milan”ga qarshi kechgan bahsda dublga erishgan argentinalik forvard A Seriyadagi 100 va 101-gollarini nishonlagan edi.
Fikrlar