Iguainning goli "Milan"ni "Real"ga mag‘lub bo‘lishdan saqlay olmadi

  • 12 avgust, 2018, 05:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridda kechgan bellashuvda "qirollik klubi" 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 2-daqiqada Karim Benzema hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmasdan sobiq "Real"chi Gonsalo Iguain muvozanatni tikladi.

Tecno

Taym so‘nggida esa Garet Beyl "Real"ning ikkinchi golini kiritib, mezbonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakunida Borxa Mayoral o‘yindani so‘nggi golga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Santyago Bernabeu kubogi "Real"ning afsonaviy prezidenti sharafiga har mavsum avvalida o‘tkazib kelinadigan bir o‘yindan iborat bo‘lgan turnir sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!