Ilhom Mo‘minjonovning "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yinlardagi noxush seriyasi barham topdi
Bugun Pepsi Superligada 15-tur o‘yinlari start oldi. Turning dastlabki o‘yinida Namanganning "Navbahor" klubi o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan Vodiy derbisida mezbonlar raqibdan 3:0 hisobida ustun kelishdi.
Qayd etish joiz, "lochinlar" boshqaruviga Ilhom Mo‘minjonov kelganidan buyon ilk bor "Navbahor" "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Bunga qadar Mo‘minjonovning "Navbahor"i o‘zaro o‘yinlarning ikkitasida durang qayd etgan va yana ikki uchrashuvda “Qo‘qon-1912″ning qo‘li baland kelgan edi.

Fikrlar