Indzagi Evropaning eng kuchli jamoasini aytdi
“Bolonya” klubi bosh murabbiyi Filippo Indzagi Italiya chempionati 6-turida “Yuventus”ga qarshi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘yin 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
– “Roma” ustidan qozonilgan g‘alaba hech narsani o‘zgartirmaydi, men bunga ishonchim komil. Men bu o‘yinga qadar ijobiy holatlarni ko‘rganman. Endi biz Evropaning eng kuchli jamoasi bilan kuch sinashamiz. Katta stadionda ajoyib o‘yin bo‘lishiga ishonaman.
– “Roma” ustidan g‘alaba qozonishimizga hech kim ishonmadi. Endi o‘z o‘yinimizni o‘ynashimiz kerak. Buning uchun barcha birday jon kuydirishi kerak. Hech narsa yo‘qotayotganimiz yo‘q. “Yuventus” ko‘p muammolar yo‘q. Krishtianu Ronaldu ularni kuchaaytirdi, – deya Indzagining so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri.



Fikrlar