
Inesta: "Barselona" bu mavsum barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishiga umid qilaman
Faoliyatini Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida davom ettirayotgan yarim himoyachi Andres Inesta sobiq jamoasi "Barselona"ning ayni damdagi holati haqida gapirib o‘tdi.
"Barselona" juda kuchli va mahoratli tarkibga ega. Jamoa o‘ziga foyda keltira oladigan yosh hamda tajribali futbolchilardan tashkil topgan. Umid qilamanki "Barselona" mavsum yakunida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritadi", - deydi tajribali futbolchi.
Fikrlar