
Inesta Ispaniya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish borasida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Yaqinda Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Andres Inesta kecha Ispaniya terma jamoasi safida Shveytsariyaga (1:1) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsida ishtirok etdi.
E’tiborlisi, ushbu o‘yin 33 yoshli futbolchi uchun terma jamoa safidagi 126-o‘yin bo‘ldi. U bu ko‘rsatgich borasida Andoni Subisarretaga tenglashib oldi.
Ma’lumot uchun, “qizil furiya” tarkibida Inestadan faqatgina Xavi (133), Serxio Ramos (151) va Iker Kasilyas (167) kabi futbolchilar borishmoqda.
Fikrlar