Asosiy mazmunga oʻtish

"Inter" himoyachisi safga qaytdi

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Joao Miranda jarohatidan tuzalib safga qaytdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tovonidan olgan jarohat sabab A Seriyaning o‘tgan turini o‘tkazib yuborgan 34 yoshli braziliyalik futbolchi bugun mashg‘ulotlarga kirishgan. U jamoaning umumiy guruhida shug‘ullanmoqda.

Ma’lumot uchun, Miranda joriy mavsum “neradzurrilar” safida jami 3ta o‘yinda ishtirok etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q