Internetda MYuning "siti"ga qarshi maydonga tushadigan asosiy tarkibi tarqalib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Manchester Yunayted"ning bugun "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan shahar derbisida maydonga tushadigan asosiy tarkib futbolchilari ro‘yxati tarqalib ketdi.
Unga ko‘ra Joze Mourino uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonga quyidagi futbolchilarni tushiradi: De Xea - Yang, Lindelof, Smolling, Shou - Matich, Errera, Fellayni - Lingard, Marsyal, Sanches.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bugun 21:30da boshlanadi.

Fikrlar