"Inter"ning asosiy himoyachisi 10 kunga safdan chiqdi

  • 20.11.2018 13:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Shime Vrsalko sonidan olgan jarohati sabab kamida 10 kun maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Football-Italia nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, 26 yoshli xorvatiyalik futbolchi kuni kecha bo‘lib o‘tgan Angliyaga (2:1) qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi.

Shu tariqa Vrsalko 24 noyabr kuni A Seriyaning 13-turidan o‘rin olgan “Frozinone”ga qarshi o‘yinda “Inter”ga yordam bera olmaydi. “Neradzurrilar” uni kelasi hafta UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Tottenxem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim bahsga qadar sog‘ayishiga umid qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!