
Ishonaman, siz ham buni albatta, uddalaysiz! Yoxud Bosforni suzib o‘tgan o‘zbekistonlik Erkin Aliev buni qanday uddalagani haqida
O‘zbekistonlik suzuvchi Erkin Aliev Turkiyaning Bosfor bo‘g‘ozini suzib o‘tdi. Bu haqda suzuvchi o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Quyida Alievning ushbu postini to‘lig‘icha e’tiboringizga havola etamiz.
Bosfor hisoboti.
23.07.2017, yakshanba kuni Osiyodan Evropaga Bosfor bo‘g‘ozi orqali suzib 29 minataqaviy suzib o‘tish yakunlandi. Bir necha yil oldin 2013 yili marafonda ishtirok etishga qaror qildim. Biroq, bir qancha vaziyatlar mening ushbu niyatimga to‘sqinlik qildi. Ammo, sport bilan shug‘ullanish, jamoaviy startda ishtirok etish ishtiyoqi baribir kuchli edi. 2014 yilda trilayfda bir maqoaga duch keldim va unda kimdir Bosforni suzib o‘tganligi to‘g‘risida hikoya qilingandi. Shundan so‘ng men ham suzish bilan shug‘ullana boshladim, biroq yana to‘sqinlik va bu safar LOR organlarim bilan bog‘liq kasalliklar bezovta qila boshladi. Yana hammasini to‘xtatish va davolanishga to‘g‘ri keldi. Davolanish ham bir yilga cho‘zilib ketdi va yakunda baribir, operatsiya qildirishga to‘g‘ri keldi. Shu o‘rinda shifokor-jarroh Abdunabi Normirzaevga tashakkur bildiraman. 2016 oktyabr oyidan u yana suzishimga ruxsat berdi. Endi biz murabbiy Evgeniy Bezruchenko bilan My Swim suzish maktabida tizimli tarzda mashg‘ulotlarga kirishdik. Yangi yildan so‘ng Bosfordan ro‘yxatdan o‘tdim va My Swim tomonidan Istanbuldan uncha uzoq bo‘lmagan hududda tashkillashtirilgan yig‘inga yozildim. Haftasiga uch marotaba shug‘ullandim.
Yig‘inga borish va suzish vaqti kelgandi. Yig‘inlar ajoyib tarzda o‘tdi, murabbiylarimiz Aleksandr Bezruchenkova Kristina Kochetkovalar edi. Guruhimizda qizlar va yigitlar bor edi. Hammasi xuddi saralab olingandek juda yaxshi odamlar, tezda chiqishib ketdik. Yig‘inlarda biz ochiq suvda mo‘ljal olishni va bir-birimizga juda yaqin masofada suzishni mashq qildik. Shuningdek, yigitlar menga quloch otish texnikasi borasida ham juda ko‘p yordam berishdi.
Start oldidan biz Istanbulga ko‘chib o‘tdik. Bosfor ko‘zga tashlanib turadigan ajoyib mehmonxona, suzish boshlanadigan erdan ham unchalik uzoq emas. Suzishdan bir kun oldin to‘xtovsiz tarzda adrenalin qo‘zg‘ala boshladi. Bu juda kuchli xavotir bilan bog‘liq edi. Suzishdan oldingi tunda umuman uxlay olmadim. Ertalab, ishtirokchilar bilan barcha yig‘iladigan joyga bordik. Barchasi ajoyib tarzda tashkillashtirilgandi! Keyin 2300 kishi paromga o‘tirdik va u bizni start joyiga eltib qo‘ydi. Shu bilan barchasi boshlandi, start berildi. Men ham suvga sakradim. Endi qo‘rquv umuman meni tark etgandi. Mo‘ljal va yo‘nalish belgidangan edi. Birinchi ko‘prik o‘rtasida bayroq, ikkinchi ko‘prik o‘rtasida, o‘ng tayanchda finish sharlari. Bir soatdan uzqoqroq suzdim, 1 soat 12 daqiqa. Birinchi chorakdan so‘ng tomirlarim tortisha boshladi, uchinchisidan keyin esa oqim oqiza boshladi. Shu vaqtda murabbiyimning so‘zlari yodimga tushdi: “Suzishdan rohat olishga harakat qil!” Men harakat qildim! Ammo oqim olib keta boshladi va men bor kuchimni sarfladim. Bu tomir tortishishi, oqim, yosh, finishga etishimga nima to‘sqinlik qilsa, barchasiga qarshi haqiqiy kurash edi. Men finish chizig‘ini maxsus xoda yordamida bilan kesib o‘tdim. Hech narsa bunga to‘sqinlik qila olmadi. Nihoyat, men umumiy 1500 kishi orasida 541, faxriy 180 kishi orasida esa 70-bo‘lib finishga etib keldim. Men ushbu sarguzashtim va ko‘rsatgan natijamdan juda mamnunman. O‘tgan 8 oylik tayyorgarlik jarayonida hovuzda 350 000 metr masofani suzib o‘tdim. 130 ta mashg‘ulot. Ortiqcha 10 kilogramm vazndan xalos bo‘ldim. Zararli odatlarimdan xalos bo‘ldim. Quloch otib suzish texnikasini o‘rgandim, murabbiy, ishtiyoqmand havaskor suzuvchilar bilan tanishdim. Mavsumga tayyorgarlik jarayoni nima ekanligini tushunib etdim. Shuningdek, yana ko‘plab yaxshi tomonlarni sanab o‘tishim mumkin! Ammo, ushbu postni o‘qigan do‘stlarim va tanishlarim sport bilan shug‘ullanishdan oldin shu narsaga e’tibor qaratishlarini xohlardim. Yurish, yugurish, mashg‘ulot zali, fitnes, futbol, suzish, velosiped, yoga va boshqa boshqa ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar topish mumkin. Sport bilan shug‘ullaning va sizni quvonch, yoshlik hech qachon tark etmaydi. Ishonaman, siz ham buni albatta, uddalaysiz! Barchaga omad!
Foto: Facebook.com/Erkin Aliyev
Fikrlar