Isko "Ayaks"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Ayaks"ga qarshi bahsda ishtirok etolmasligi mumkin.
El Mundo Deportivo nashrining yozishicha 26 yoshli futbolchi belida og‘riq his qilmoqda. U bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Natijada uning Amsterdamdagi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Ayaks” – “Real” bahsi 13 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar