Isko "Real"ni tark etishni istamoqda

“Real” yarim himoyachisi Isko jamoada etarli o‘yin amaliyoti berilmayotganligi sababli klubni tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Don Balon nashri.

Jamoaga Santyago Solari bosh murabbiy etib tayinlangandan so‘ng 26 yoshli futbolchi 6 uchrashuvning birortasini asosiy tarkibda boshlamadi. “Roma”ga qarshi (2:0) EChL guruh bosqichi 5-tur bahsiga umuman qaydnomaga kiritilmadi.

Ispaniyalik futbolchining xizmatlariga hozirda “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Napoli” ustozi Karlo Anchelotti u bilan bog‘lanib Isko Italiya chempionatiga chorlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!