Ispaniya Kubogi. “Barselona”ning finaldagi raqibi ma’lum

  • 9 fevral, 2017, 08:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Ispaniya Kubogi ikkinchi yarim final javob o‘yinida “Alaves” o‘z maydonida “Selta” futbolchilarini qabul qildi.

Mursasiz va kurashlarga boy kechgan o‘yinda maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindagi yagona golga Edgar Mendes mualliflik qildi.

Musobaqaning final yo‘llanmasiga ega bo‘lgan “Alaves” bosh sovrin uchun “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi. Kataloniyaliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Atletiko Madrid”ni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Alaves – Selta 1:0

Gol: Edgar Mendes, 82

Alaves: Pacheko – Femenya, Laguardiya, Feddal, Teo Ernandes – Markos Lorente, Manu Garsiya – Tokero (Edgar Mendes, 79, Aleksis, 90), Kamarasa, Ibai Gomes (Vigaray, 88) – Deyverson.

Selta: Serxio Alvares – Ugo Malo, Kabral, Ronkalya, Xonni – Radoyya, Pablo Ernandes – Vass (Rossi, 86), Marcelo Dias (Gvidetti, 84), Bongonda (Sisto, 74) – Yago Aspas.

Ogohlantirishlar: Feddal – Yago Aspas, Marselo Dias.

Dastlabki uchrashuv: 0:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!