Ispaniyadagi futbol akademiyasida tahsil olayotgan futbolchilarimiz (foto)

  • 2 fevral, 2017, 17:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol millionlar o‘yini. Har bir bola bir martaga jahon futbol yuldulariga havas qilib, unga o‘xshagisi keladi. Biroq vaqt o‘tgan sari har kim ham bu yo‘ldan ketmaydi.

Tecno

Hozirda jahonning deyarli barcha mintaqalarida ushbu sport turi bilan shug‘ullanish uchun bir-biridan zamonaviy va qulayliklarga boy futbol akademiyalari faoliyat yuritmoqda.

Shular qatoriga 2011 yili Kataloniya provintsiyasidagi Salou shahrida yana bitta futbol akademiyasi o‘z ishini boshladi. Bu erda o‘zini kelajagini futbol bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan yosh iqtidorlar millionlar o‘yinining sir-asrorlarini o‘rganishadi. U erda tajribali mutaxassislar ularga dars o‘tishadi. Mazkur akademiyaga 11 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.

Tecnifutbol Internacional Academy'da o‘qish 1 sentyabrda boshlanib, 15 iyulgacha davom etadi. Futbolchilar 27 dekabrdan 18 yanvargacha qishki ta’tilda dam olib qaytishadi.

technifutbol

Dunyoning turli burchaklaridan kelgan yosh futbolchilardan tashqari bu erda o‘zbekistonlik iqtidorlar ham ta’lim olishmoqda. Hujumchi Ernest Osmanov, himoyachilar Karen Muratboev va O‘zbekiston yoshlar termasi safida harakat qilgan Ayubxon Azimov ham bu erda o‘z tajribalarini orttirib borishmoqda.

Ernest Osmanov – hujumchi, 17 yosh.

Karen Muratboev – chap qanot himoyachisi, 20 yosh.
Karen
Tepada

Ayubxon Azimov – himoyachi, 17 yosh. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi.
Ayubxon Azimov

SPORTS.uz vakili ushbu akademiyaga tashrif buyurib, u erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi hisoblangan Ayubxon Azimov va akademiya rahbariyati vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘ldi.

Biz ushbu akademiyada tahsil olayotgan hamyurtlarimizga kelajakda etuk futbolchilar bo‘lishi hamda terma jamoamiz bilan yuqori cho‘qqilarni zabt etishini tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!