Isroil Madrimov: Butun dunyo o‘zbek bokschilarining nimalarga qodirligini yaxshi biladi

  • 6 sentabr, 2017, 10:24
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Gamburgda o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida umidli charm qo‘lqop ustalaridan biri Isroil Madrimov musobaqa hamda hakamlarning qarorlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, 75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan bokschimiz chorak finalda katta ustunlikka ega bo‘lganiga qaramasdan mag‘lub bo‘lgani ko‘pchilikni hayron qoldirgan edi.

Musobaqa davomida bizga ko‘pchilik muxlislik qildi. Ular orasida o‘zbeklarni ham ko‘rishimiz mumkin. Olimpiadadan so‘ng butun dunyo o‘zbek bokschilarini yaxshi tanib oldi va bularga boshqacha qarashadi, ya’ni jiddiy raqib sifatida. Umuman olganda biz yaxshi ishtirok etdik, biroq hakamlar ba’zida kutilmagan qarorlar chiqardi va bokschilarimizni “sindirishdi”.


Isroil Madrimov professional bokschimiz Ulug‘bek Haqberdiev bilan

– Ayniqsa mening amerikalik bokschiga qarshi o‘tgan jang natijasi bu yaqqol ko‘rindi. Bu jangda bu g‘alabaga loyiq edim. Musobaqaga ketishdan oldin jahon chempioni bo‘lishni niyat qilgan edim, o‘xshamadi. Shunday bo‘lsada, bundan ruhiy tushkunlikka tushganim yo‘q. Oldinga va yana oldinga harakat qilaveraman va g‘alabalarim bilan muxlislarni xursand etmoqchiman, – deydi Isroil Madrimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!