Istomin bugun Shveytsariyada o‘z yurishini boshlaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun Shveytsariyaning Gshtad shahrida “Swiss Open Gstaad” turnirida o‘z yurishini boshlaydi. Hamyurtimiz o‘yinlarni musobaqaning asosiy to‘ridan boshlaydi.

Sovrin jamg‘armasi 540 310 evroni tashkil etuvchi turnirning ilk davrasida hamyurtimizga saralashdan chiqqan italiyalik Lorentso Justino raqiblik qiladi. Qayd etish joiz Istomin ATP reytigida 82-o‘rinda, uning bugungi raqibi esa 192-o‘rinda bormoqda.

Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19.00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!