Italiyada qishki transferlar muddati uzaytirildi
Italiya A Seriyasi klublari qishki transferlar bo‘yicha muhim qarorga kelishdi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra A Seriyada ishtirok etayotgan jamoalar davralar oralig‘idagi transfer derazasining yopilish muddatini biroz uzaytirishga ovoz berishgan. Unga ko‘ra endi qishki transferlar derazasi Italiyada 31 yanvarda yopiladi.
Ma’lumot uchun, bungacha Italiya klublari davralar oralig‘ida yangi futbolchilarni faqatgina 18 yanvarga qadar ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin edi.

Fikrlar