JCh-2016: Bokschilarimiz bugun final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Bugun, 25 noyabr kuni Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadigan kunduzki janglarda vazni 56 kg bo‘lgan bokschimiz Shunqor Abdurasulov amerikalik Mayk Kastroni sinovdan o‘tkazadi. Shundan so‘ng vakillarimiz orasida 91 kg.da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shohruz Rahimov rossiyalik Vladimir Uzunyan bilan final yo‘llanmasini masalasiga oydinlik kiritadi.

20:00dan start oladigan kechki bellashuvlarda esa yana ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Unda chempionatni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan Otabek Xolmatov (52 kg) yaponiyalik Xayato Tsutsumi bilan kuch sinashsa, Bilolbek Mirzarahimov (60 kg) turkiyalik Nesat Ekinchini sinovdan o‘tkazadi.
Bokschilarmizga omad tilaymiz!

Fikrlar