JCh-2018 favoriti bo‘lgan Germaniya o‘rtoqlik o‘yinida Avstriyaga mag‘lub bo‘ldi

  • 3 iyun, 2018, 00:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Germaniya hamda Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Avstriyaning Klagenfurte shahrida kechgan o‘yinda mezbonlar JCh-2018 favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Germaniyani 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

11-daqiqadayoq Mesut O‘zil “nemis mashinasi”ni hisobda oldinga olib chiqqanligiga qaramay, ikkinchi bo‘limda avstriyaliklar 2 ta gol kiritishga erishdilar va g‘alaba qozondilar.

O‘rtoqlik o‘yini

Avstriya – Germaniya 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 11 Ozil, 1:1 – 53 Xinteregger, 2:1 – 69 Shopf.

Avstriya – Zibenxandl, Xinteregger, Layner, Predl, Alaba, Grillich (Ilzanker, 79), Jul (Kaynts, 88), Shopf (Bauer, 76), Baumgartlinger, Arnautovich (Burgshtaller, 84), Dragovich.

Germaniya – Noyer, Xektor, Zyule, Ryudiger, Kimmix, Ozil (Draksler, 76), Xedira (Rudi, 46), Sane (Roys, 67), Gyundogan (Gorettska, 56), Brandt (Verner, 67), Petersen (Gomes, 76).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!