
JCh-2018 qur’a tashlash ma’rosimida qaysi yulduzlar ishtirok etishadi?
Xabaringiz bor, yaqin kunlarda JCh-2018ga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq xabar berganimizdek, qur’a tashlash marosimini olib borishga Gari Lineker va Mariya Komandnaya taklif qilingan, mundial kubogini Miroslav Kloze taqdimotga ko‘tarib chiqadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marosimda Diego Maradona, Diego Forlan, Kafu, Fabio Kannavaro, Loran Blan, Karles Puyol, Gordon Benks kabi yulduzlar ishtirok etishadi.
Eslatib o‘tamiz, jaxon chempionatiga bag‘ishlangan marosim 1-dekabr Kremlning Davlat Saroyida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar