
JCh-2018ga qur’a tashlash marosimida 30ta terma jamoa bosh murabbiylari ishtirok etishadi
Kelasi yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundialda ishtirok etuvchi 32ta terma jamoa ichidan 30tasining bosh murabbiylari 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan maxsus seminarda va JCh-2018 final bosqichiga qur’a tashlash marosimida ishtirok etishga rozilik bildirdi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi rasmiy sayti ma’lum qilmoqda.
Quyida ushbu tadbirlarga tashrif buyuruvchi mutaxassislar nomlari bilan tanishib olishingiz mumkin:
Stanislav Cherchesov (Rossiya), Xorxe Sampaoli (Argentina), Roberto Martines (Belgiya), Tite (Braziliya), Xose Pekerman (Kolumbiya), Oskar Ramires (Kosta-Rika), Zlatko Dalich (Xorvatiya), Oge Xareyde (Daniya), Ektor Kuper (Misr), Garet Sautgeyt (Angliya), Dide Desham (Frantsiya), Yoaxim Lyov (Germaniya), Xeymir Xadlgrimsson (Islandiya), Karlush Keyrush (Eron), Vaxid Xalilxodjich (Yaponiya), Sin Te Yon (Janubiy Koreya), Xuan Karlos Osorio (Meksika), Erve Renar (Marokash), Gernot Ror (Nigeriya), Ernan Gomes (Panama), Rikardo Gareka (Peru), Adam Navalka (Polsha), Fernandu Santush (Portugaliya), Xuan Antonio Pitstsi (Saudiya Arabistoni), Aliu Sisse (Senegal), Mladen Krstaich (Serbiya), Xulen Lopetegi (Ispaniya), Yanne Andersson (Shvetsiya), Vladimir Petkovich (Shveytsariya), Nabil Maalul (Tunis).
Ma’lumot uchun, ushbu marosimga Avstraliya hamda Urugvay terma jamoalari bosh murabbiylari ma’lum sabablarga ko‘ra kela olmasliklarini bildirishgan. JCh-2018ga qur’a tashlash marosimi 1 dekabr kuni Moskva shahridagi Kreml saroyida bo‘lbi o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar