
Jahon Chempionati va Ramazon oyi: Saloh, Pogba va boshqalar uni qanday o‘tkazishadi?
Ramazon oyi oxirlab borayotgan bir paytda Jahon Chempionatiga start beriladi. Biroq futbol olamidagi musulmon o‘yinchilar ro‘za tutish bilan bunga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?
Musulmonlar dunyoning har bir burchagida bor. Ramazon oyi quyosh chiqishi va botishi orasida o‘zini eyish va ichishdan saqlashi nazarda tutilgan muqaddas oy hisoblanadi. Bu oyda musulmonlar tanasini va o‘zini yomon illatlardan saqlashga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga harakat qiladi.
“Liverpul” vakili Muhammad Saloh “Enfild”da o‘zining do‘stona tabiati, gol urish qobiliyati bilan uning diniga bo‘lgan hurmatga ham sazovor bo‘ldi.
“Liverpul” muxlislari misrlik futbolchi haqida “Men ham musulmon bo‘laman” degan qo‘shiqni ham yozib bo‘lishdi. Salohning gol urganidan so‘ng, maydonga tiz cho‘kib duo qilgan holda nishonlashi muhim onga aylandi.
Shuningdek, Pol Pogba, Sadio Mane va Mesut O‘zil kabi taqvodor musulmon futbolchilar ham kunning asosiy qismini eyish va ichishdan o‘zini tiygan holda o‘tkazmoqda.
Ramazon oyi Premer Liga o‘yinlari bilan to‘qnash kelmadi, Jahon Chempionati boshlanishi bilan o‘z nihoyasiga etadi, shu sababli futbolchilarning tayyorgarligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Bu muqaddas oy 2012-yilgi London Olimpiadasi, 2014-yilgi Jahon Chempionati, so‘nggi “Evro” mobaynida yozning issiq kunlariga to‘g‘ri kelgan edi. Bunda futbolchilarning sog‘lig‘i va ko‘rsatadigan o‘yinlariga ta’sir ko‘rsatishi muhokamalar mavzusiga aylangan edi.
Xo‘sh, bu safar Saloh, Pogba va boshqa musulmon futbolchilar qanday tayyorgarlik ko‘rishadi? Quyida bu haqida so‘z yuritamiz.
Salohning rivojlanishini kuzatish ajoyib fenomen hisoblanadi. Uning “Enfild”da birinchi mavsumini o‘tkazganiga qaramay, barcha musobaqalarda 44 gol urishga erishdi. Hech uning debyut mavsumidan bunday samaradorlikni kutmagani aniq.
Rekordlarni o‘rnatish va yakunda Premer Liganing “Oltin butsa”sini yutishi nafaqat Saloh uchun, balki butun misrliklar va musulmon dunyosi uchun ham quvonarli bo‘ldi.
Ammo Chempionlar Ligasi finalida kutilmaganda jiddiy jarohat olishi nafaqat Misr termasi muxlislarini, balki terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuperni ham o‘ylantirib qo‘ygan.
“Misr Futbol Assotsiatsiyasi Ramazon paytida menga va futbolchilarga yordam beradigan mutaxassislarni topib berdi. Biz futbolchilarning ovqatlanishi va uxlashini nazorat qilmoqdamiz va umid qilamanki, bu ularga yomon ta’sir ko‘rsatmaydi.”
“Bu murabbiylarga jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin. Chunki futbolchilar quyosh chiqishida to botishigacha hech narsa emaydi. Shu sababli mashg‘ulotlar paytida oson bo‘lmaydi. Bu dinda qilinishi kerak bo‘lgan ish, shu sababli men ro‘za tutishdan tiyilishga to‘siq bo‘la olmayman.”
“Biz ro‘za charchog‘i va futbolchilarga jiddiy xavf tug‘diradigan natijalarga qarshi eng yaxshi echimni izlamoqdamiz.”
Shuningdek, Salohning jamoadoshi Maneda ham holat shunday. Senegallik futbolchi Chempionlar Ligasi finalida ham ro‘za tutishni to‘xtatmadi, aksincha jamoasining muvozanatni tiklashiga yordam berdi va “qizillar”ning eng xavfli futbolchilaridan biriga aylandi.
Manening Mundialdagi dastlabki uchrashuvi 19-iyun kuni Polshaga qarshi bellashuvga to‘g‘ri keladi. Demak unda o‘zini tiklab olishi uchun 4 kun vaqti bo‘ladi.
Boshqa bir taqvodor futbolchi – Pogba esa Ramazon oyini Makkaga Umra safari bilan boshladi. Instagramda bo‘lishgan videosi ostiga: “Bu ajoyib makon. Men bu erda o‘z hislarimni ta’riflashga ojizman. Inshaollox, bir kun hammangiz bu erga kelasiz. Salom”, - deya yozib qoldirdi.
O‘zil esa 2014-yilgi Mundial mobaynida ro‘za tutmaslikka qaror qilgandi. Bu safar Senegal, Jazoir va Marokash terma jamoalarining ba’zi vakillari ham shu ishni qilishmoqchi. Xerdan Shakiri, Granit Djaka va Valon Behramilar ham Braziliyada o‘tgan Jahon Chempionatida Lotin Amerikasining iqlimi juda og‘irligi sabab ro‘za tutmagan edi.
Xullas, bu safar Ramazon oyining yakuni katta fubol bayrami bilan davom etishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu holat ko‘plab musulmon futbolchilarga o‘zlarini Jahon Chempionatida ko‘rsatishlariga to‘sqinlik qilmaydi.
Erkin G‘aybullaev tayyorladi
Fikrlar