Jasur Hasanov yana "Buxoro"ga qaytdi
So‘nggi mavsumni Bekobodning “Metallurg” safida o‘tkazgan yarim himoyachi Jasur Hasanov faoliyatini “Buxoro”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, asli buxorolik hisoblangan 29 yoshli futbolchi o‘zining professional faoliyatini ham aynan “Buxoro” safida boshlagan edi. Aniqrog‘i, 2008-2012 hamda 2016-2017 yillarda buxoroliklar sharafini himoya qilgan Hasanov ushbu davr mobaynida jami 104ta o‘yinda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga 8ta gol urishga erishgan.
Ma’lumot uchun, Jasur hasanov o‘z vaqtida O‘zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida to‘p surgan. Milliy terma jamoada esa 9ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Fikrlar