Jeko kechagi gollarini kimga bag‘ishladi?

  • 03.10.2018 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning "Roma" klubi hujumchisi Edin Jeko kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida "Viktoriya"ga (5:0) qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.

E’tiborlisi, 32 yoshli bosniyalik futbolchi ushbu gollarini UEFA yoshlar ligasida jiddiy jarohat olgan “Roma” futbolchisi Rikardo Kalaforiga bag‘ishladi.

Jeko aynan shu yo‘l bilan 16 yoshli italiyalik futbolchini qo‘llab-quvvatladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!