Jeko yana APLga qaytish istagida

  • 15.10.2018 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning "Roma" klubi forvardi Edin Jeko yana APLga qaytish istagi borligi haqida gapirib o‘tdi.

“Men APLda 4,5 yil to‘p surdim va u erda o‘tgan har bir daqiqadan zavqlandim. Menga Angliya premer-ligasi juda yoqadi. Menimcha endi u erga qaytishim uchun biroz kech bo‘ldi. Lekin, ertaga nima bo‘lishini aniq ayta olmaysiz. Hozircha “Roma”da baxtliman”, - deydi bosniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Jeko 2011-2015 yillarda "Manchester Siti" safida to‘p surgan va 189ta o‘yinda maydonga tushib 72ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!