
"Jenoa" Pentek o‘rniga Ispaniyadan hujumchi olib keladi
Xabaringiz bor "Jenoa" kecha o‘zining asosiy hujumchisi Kshishtof Pentekni "Milan"ga sotib yubordi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda genuyaliklar ushbu o‘ringa "Betis" forvardi Antonio Sanabriyani olib kelishni ko‘zlashmoqda. “Jenoa” rahbariyati allaqachon ushbu transfer borasida sevilyaliklar bilan aloqaga chiqishgan. Unga ko‘ra A Seriya klubi 22 yoshli paragvaylik futbolchini keyinchalik 20 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan 1,5 yilga ijaraga olishmoqchi. Sanabriyaning “Jenoa”ga o‘tgani ertaga rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Sanabriya asli "Barselona" hujumchisi hisoblanadi. Uning uchun Italiya chempionati begona emas. Boisi, u bundan avval "Roma" va "Sassuolo" kabi klublarda to‘p surgan.
Fikrlar