Jerrard boshchiligidagi "Reynjers" Evropa ligasi guruh bosqichiga chiqdi

  • 30.08.2018 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan biroz avval UEFA Evropa ligasi so‘nggi saralash raundining pley-off javob bahsidan o‘rin olgan “Ufa” hamda “Reynjers” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan rossiyaliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra guruh bosqichiga chiqa olishmadi. Aksincha Stiven Jerrard boshchiligidagi “Reynjers” esa Evropa ligasining yangi mavsumida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Ufa” Rossiya – “Reynjers” Shotlandiya 1:1 (1:1, 0:0)

30 avgust, «Neftyanik»

Gollar: 0:1 – 9 Ejaria, 1:1 – 32 Sisuev.

“Ufa” – Belenov, Tabidze, Alikin (Oblyakov, 52), Nedelcharu, Jivoglyadov, Vanek, Salatich (Krotov, 76), Sysuev, Paurevich, Yokich, Igboun.

“Reynjers” – Makgregor, Goldson, Flanagan, Taverne, Katich, Kent, Djek, Arfild (Xollidey, 69), Edjaria, Kandeyash (Laferti, 46), Morelos.

Ogohlantirishlar: Flanagan (15), Salatich (34), Morelos (37), Paurevich (82), Igboun (86).

Chetlatish: Morelos (38), Flanagan (66).

Dastlabki o‘yin: 0:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!