Jiru: Balkim men gol urganimda, Frantsiya jahon chempioni bo‘lmasligi ham mumkin edi

  • 6 sentabr, 2018, 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning "Chelsi" klubi va Frantsiya terma jamoasi forvardi Olive Jiru JCh-2018da gol ura olmaganidan xafa emasligini aytdi.

“Dastavval bu borada hafsalam pir bo‘lgandi, lekin jahon chempionatidagi muvaffaqiyat barchasini yuvib ketdi. Jamoa oldidagi maqsad shaxsiy maqsadlardan birinchi turadi.

Men musobaqa davomida jamoa foydasi uchun o‘zimni qurbon qildim. Belgiyaga qarshi o‘tgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limini inobatga olmaganda, ko‘plab imkoniyatlarni boy berganimni eslay olmayman. Men xatto 2ta golga assistentlik ham qildim.

Jahon chempionatida gol urmaganim meni bezovta qilmaydi. Ko‘chadagi odamlar garchi gol urmasam ham jamoa uchun muhim futbolchi bo‘lganimni aytishmoqda. Kim biladi, agar men gol urganimda biz chempion bo‘la olmasmidik”, - deydi Jiru.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!