
Jizzaxda stol tennisi bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi (foto)
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish taqvim rejasiga asosan joriy yilning 9 - 15 iyul kunlari Jizzax shahrida stol tennisi bo‘yicha 2000 yilda tug‘ilgan va undan kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur chempionatda Respublikamizning 11ta hududidan 110 nafar (50 nafari qizlar) sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqalar qizg‘in bahslarga boy bo‘lib, hududlardan saralanib kelgan iqtidorli yosh sportchilar orasidan terma jamoa tarkibiga mos sportchilar aniqlanib olindi.
Musobaqalar yakkalik, juftlik va aralash juftlik yo‘nalishida olib borildi, g‘olib va sovrindorlar tashkiliy qo‘mita tomonidan esdalik sovg‘alari, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
Yakkalik bahslari (qizlar)
1 - Sug‘diyona Madalieva (Namangan),
2 - Mashhura Ibodullaeva (Toshkent sh.),
3 - Diana Poolegaeva (Toshkent sh.),
3 - Sarvinoz Bozorova (Sirdaryo).
O‘g‘il bolalar
1 - Muhriddin Rajabov (Nukus),
2 - Mehro Shamsiddinov (Samarqand),
3 – Sherzod Yo‘ldoshev (Toshkent sh.),
3 – Muhammad O‘ktamboev (Xorazm).
Fikrlar