Jon Terri Rossiya vizasini oldi

  • 11.09.2018 23:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tishi aytilayotgan angliyalik afsonaviy himoyachi Jon Terri Rossiya vizasini qo‘lga kiritdi.

Biroq, berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 37 yoshli futbolchi va rus klubi o‘rtasidagi muzokaralar hamon davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Terri “Spartak” bilan “1+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolashi va yiliga 2 million evro maosh olishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etish lozimki, bundan avvalroq Terrining "Aston Villa" klubiga qaytishi mumkinligi haqida ham xabarlar chop etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!