Jon Terri yana Mourino bilan birga ishlashi mumkin

  • 05.09.2018 22:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi afsonaviy himoyachi Jon Terrini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra mankuanliklar rahbariyati “Chelsi”dagi faoliyati davomida Joze Mourino bilan juda yaxshi tanish bo‘lgan tajribali himoyachini tarkibga jalb etish borasida ish olib borishmoqda. Aytish lozimki, 37 yoshli futbolchi ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Terriga "Spartak" va "Sporting" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!