
Jorjo Kellini “Yuventus” safida yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
“Yuventus” jamoasi himoyachisi italiyalik Jorjo Kellini Italiya chempionati 16-turi “Inter”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va turinliklar safida yubiley o‘yinini o‘tkazdi.
Turning markaziy o‘yini nursiz durang bilan tugadi. 33 yoshli futbolchi “Yuventus” safida yubiley – 450-o‘yinini o‘tkazdi. Italiyalik tajribali futbolchi 450 uchrashuvda raqiblar darvozasiga jami 34 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, Jorjo Kellini 2005 yilda “Fiorentina”dan qariyb 8 million evro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar