Jurnalistlar sportchi bo‘lishadi(mi)?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi mamlakatimizdagi barcha jurnalistlarni kasb bayramlari bilan tabriklagan holda ular uchun katta sport bayramiga tashkil etayotganini ma’lum qiladi.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni. Shu munosabat bilan joriy yil 22 iyun kuni OAV xodimlari o‘rtasida sportning pnevmatik quroldan o‘q otish turi bo‘yicha O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti kubogi uchun musobaqa o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqa doirasida sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, bayram tadbiri hamda g‘oliblarni taqdirlash tantanalari tashkil etiladi.

Ishtirokchilarga musobaqadan bir kun oldin, ya’ni 21 iyun kuni Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tirida mahorat saboqlarini olishlari uchun sharoitlar yaratib beriladi.  

Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi barcha ommaviy axborot vositalarini (tele, radiokanallar, gazeta tahririyatlari, internet portallarini) mazkur sport bayramidan tele, radiodasturlar, maqola va reportajlar tayyorlashga taklif etadi hamda bu jarayon uchun o‘z yordamini ayamasligini bildiradi.

Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan OAV esa qatnashuvchi xodimlari ro‘yxatini ilovadagi jadval asosida tasdiqlab, mkvatanparvar@yandex.ru elektron pochta manziliga 18 iyun kuniga qadar yuborishlari mumkin. (Tel.: 234-85-64 )

 

                                                               Tashkilot matbuot xizmati

 

“TASDIQLAYMAN”

Korxona tashkilot direktori

______________________

Ism sharifi va imzo

 

2018 yil “___ iyun

 

 

 O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan joriy yil 22 iyun kuni sportning o‘q otish turi bo‘yicha jurnalistlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etuvchi korxona-tashkilotdan

TALABNOMA

Ism sharifi

Tug‘ilgan yili

Lavozimi

Telefon raqami

1.

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

4.

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!