
KXDR terma jamoaci bosh murabbiyi: Bugun natija uchun o‘ynamadik
Xabaringiz bor bundan biroz avvalroq poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda O‘zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli kechgan bahsda futbolchilarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismidan mehmonlar ustozi jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Bugun yomon o‘ynadik demagan bo‘lardim, shunchaki himoyadagi yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolarimiz mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi. Bugungi o‘yindan so‘ng o‘zimiz uchun kerakli hulosalar chiqaramiz.
Bu terma jamoamizning yil boshidan buyon o‘tkazgan ilk o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi. Shu bois ham birinchi bo‘limda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik va gol o‘tkazib yubordik. Bu esa futbolchilarimizning biroz asabiylashishiga olib keldi. Natijada o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik.
Aytishim lozimki ushbu o‘yingacha bor yo‘g‘i bir necha kun shug‘ullandik. Bugun maydonga tushgan asosiy futbolchilarimiz o‘z klublari safida o‘tgan haftala OFK kubogi o‘yinlarida ishtirok etishgandi va shu boisdan ularda biroz charchoq alomatlari sezildi. Bugun natija uchun natija uchun o‘ynamadik, asosiy maqsadimiz taktik o‘yinimizni sinovdan o‘tkazish edi.
Fikrlar