
KXDR va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun MTJga chaqirilmagan Gadoev jamoasiga g‘alaba keltirdi
Hamyurtlarimiz Sanjar Tursunov va Shoxrux Gadoevlar to‘p suradigan "Tedjon Sitizen" jamoasi o‘z maydonida musobaqa peshqadami - "Asan Mugunva"ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Har ikkala yurtdoshlarimiz ikkinchi bo‘limda maydonga tushishdi. Bu vaqtda jamoa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi.
O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida muvozanat tiklangan bo‘lsa, 89-daqiqada Gadoev g‘alaba to‘pini kiritib, jamoasiga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, Tursunov ham, Gadoev ham Ektor Kuper tomonidan KXDR va Qatar termasiga qarshi o‘yinlar uchun milliy terma jamoaga taklif etilmagan.
K Liga 2. 31-tur
"Tedjon Sitizen" - "Asan Mugungxva" 2:1
Gollar: Xvan Ing-Bom (80), Gadoev (89) - Kim Xyun (26)
Fikrlar