Kaka yana "Milan"ga qaytadi

  • 5 sentabr, 2018, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi sport direktori Leonardo “rossonerilar” afsonasi Kakaning yana jamoaga qaytib, bu erda ish boshlashiga umid qilmoqda.

Tecno

“Kaka doim biz bilan aloqada va u bilan yaxshi munosabatdamiz. Uning uchun hozircha aniq bir lavozim bo‘lmasada, u “Milan” afsonasi hisoblanadi. U “rossonerilar” safidagi so‘nggi “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Endi u o‘z ishlari bilan Braziliyaga jo‘nab ketadi. Lekin biz u bilan doim aloqada bo‘lamiz”, - deydi Leonardo.

Ma’lumotlarga ko‘ra Kaka “Milan”ning Janubiy Amerika qit’asidagi skauti lavozimida ishlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!