
Kamerun ham Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadigan tarkibini e’lon qildi
Afrika Millatlar kubogining amaldagi g‘olibi bo‘lgan Kamerun terma jamoasi ham Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadigan tarkibini o‘zining Instagrdam ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qildi.
Kamerun terma jamoasining Konfederatsiyalar kubogi–2017 da ishtirok etadigan tarkibi
Darvozabonlar: Fabris Ondoa («Sevilya Atletiko», Ispaniya), Andre Onana («Ayaks», Niderlandy), Jorj Mbokve («Mondalen», Norvegiya).
Himoyachilar: Ernest Mabuka («Jilina», Slovakiya), Kollins Ngoran Suyru Fai («Standard», Belgiya), Maykl Ngadu-Ngadjuy («Slaviya», Chexiya), Adolf Teyku («Sosho», Frantsiya), Ambruaz Oyongo Bitolo («Monreal Impekt», AQSh), Djonatan Ngvem («Unisport de Bafang», Kamerun), Jerom Gioata («Panionios», Gretsiya), Lyusen Ovona («Alkorkon», Ispaniya).
Yarim himoyachilar: Sebasten Siani («Ostende», Belgiya), Arno Sutchin-Djyum («Xarts», Shotlandiya), Jorj Konstan Mandjek («Metts», Frantsiya), Andre-Frank Zambo («Marsel», Frantsiya), Moumi Ngamaleu («Altax», Avstriya).
Hujumchilar: Kristian Bassogog («Xenan Tszyane», Xitoy), Karl Toko («Anje», Frantsiya), Jak Zua («Kayzerslautern», Germaniya), Vensan Abubakar («Beshiktash», Turtsiya), Benjamen Mukandjo («Loryan», Frantsiya), Rober Ndip Tambe («Spartak», Slovakiya), Olive Bumal («Panatinaikos», Gretsiya).
Avvalroq, Germaniya, Chili, Rossiya xamda Avstraliya termalarining Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadigan tarkiblari ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar