Karatechilarimiz Parijdan qaytib kelishdi
26-28 yanvar kunlari Frantsiya poytaxtimida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi Parij ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga kiritilgan ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilayotgan bellashuvlar qizg‘in kechmoqda. Olimpiadaga reyting ochkolarini taqdim etuvchi joriy turnirda terma jamoamizning uch nafar vakili ishtirok etib, bugun bugun tongda poytaxtimizga qaytib keldilar. Turnirda Otabolaev Doston -75 kg, Sadriddin Saymatov -60 va qizlardan Babaeva Bahriniso -50 kilogrammgacha vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra o‘z vazn toifasida jahon reytingi etakchisi bo‘lib turgan Sadriddin Saymatov bronza medaliga sazovor bo‘libgina qolmasdan reytingdagi etakchiligini saqlab qoldi va Olimpiada uchun 475 reyting ochkosini qo‘lga kiriti.
Karatechilarimiz uchun ayni damda musobaqalar mavsumi boshlandi. Yana bir necha kundan so‘ng vakillarimiz Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yirik turnir turnirda o‘z omadini sinab ko‘rishadi. Olimpiada reyting ochkolarini taqdim etuvchi ushbu musobaqada ham yurtdoshlarimizga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Fikrlar