
Kariusning "Liverpul"ga qaytishi haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi
Mavsumni "Beshiktosh" safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Liverpul” darvozaboni Loris Kariusning agenti Florian Goll mijozining qishda yana “Enfild”ga qaytishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Karius “Beshiktosh”ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. U har bir o‘yinda maydonga tushmoqda va o‘zini juda yaxshi ko‘rsatmoqda. Albatta, klub ham uni qo‘yib yubormoqchi emas. E’lon qilingan xabar – mutlaqo yolg‘on. Bu mish-mishlar qaerdan paydo bo‘lishini tasavvur qilolmayman”, - deydi agent.
Ma’lumot uchun, Karius joriy mavsum “Beshiktosh” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 15ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar