Karolin Voznyatski Xitoyda millionerga aylandi
Daniyalik tennischi Karolin Voznyatski Pekinda o‘tkazilgan xalqaro turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi
Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan "China Open" musobaqaning finalida Karolin latviyalik Anastasiya Sevastovani har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida engdi.
Voznyatski professional faoliyatidagi o‘ttizinchi sovrinni qo‘lga kiritdi. Unga bu sovrin 1,525,245 AQSh dollari va 1000 reyting ochkosini olib keldi.

Fikrlar