Karvaxal Shoudan uzr so‘radi

  • 10.09.2018 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal kuni kecha Angliyaga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda raqib himoyachisi Lyuk Shouga jarohat etkazib qo‘ygani uchun undan uzr so‘radi.

“Real” futbolchisi uchrashuv tugashi bilan Shouning holidan xabar olib, undan uzr so‘rash uchun Angliya terma jamoasi kiyinish xonasiga kirgan. Biroq, Shouni ungacha shifoxonaga olib ketishgan. Ammo, Karvaxal jamoadoshi David De Xeadan Shouning telefon raqamini olib, unga xabar yuborgan.

Eslatib o‘tish lozimki, ushbu to‘qnashuvdan so‘ng MYu futbolchisi maydonda hushini yo‘qotdi va shifokorlar uni zambilda olib chiqib ketishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!