
Kayl Uoker APLning ayni damdagi eng zo‘r o‘ng qanot himoyachisi deb topildi
Dunyoga mashhur Bleacher Report nashri Angliya premer-ligasining ortda qolgan 11 tur natijalariga ko‘ra chempionatning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilari reytingini tuzib chiqdi.
Ushbu reytingning eng yuqori pog‘onasidan "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker joy oldi. Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli angliyalik futbolchi APLning o‘tgan 11ta turidan 9tasida ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 1ta gol urishga erishdi.
APLning top-10 o‘ng qanot himoyachilari:
1. Kayl Uoker ("Manchester Siti")
2. Mett Doerti ("Vulverxempton")
3. Pablo Sabaleta ("Vest Xem")
4. Sezar Aspilikueta ("Chelsi")
5. Eron Uan-Bissaka ("Kristal Pelas")
6. Ektor Belerin ("Arsenal")
7. Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul")
8. Adam Smit ("Bornmut")
9. Deandre Yedlin ("Nyukasl")
10. Kiran Tripper ("Tottenxem").
Fikrlar