
Kellini: Ronalduni pressing bilan, Messini ibodat bilan to‘xtatish mumkin
“Yuventus” himoyachisi Jorjo Kellini zamonaviy himoya, Messi va Ronalduning o‘yin uslubi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
- Oxirgi yillarda himoyachilarning maydondagi o‘rni qayta ko‘rib chiqildi. Har bir o‘yinchi uchrashuvda o‘z o‘rnini bilishi kerak deb o‘ylayman. Tajriba sizga o‘yinda kamroq xato qilishga yordam beradi. Shuni aytishim mumkinki, raqibni, jamoalarni va aniq futbolchilarni ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega.
Krishtianu Ronalduni qay tarzda to‘htatib bo‘ladi deb so‘rasangiz? Men shunday javob qaytarardim, uni pressingda ushlab turib, o‘ng oyog‘i bilan to‘pni tepishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Messini esa, faqat ibodat qilib to‘htatish mumkin, -deya himoyachining so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri xabar bermoqda.
Fikrlar