
Kellini: Ronalduni to‘xtatib qolish uchun bizga omad kerak
«Yuventus» klubi himoyachisi Jorjo Kellini EChL chorak final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan Ronaldu borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“U har doim gol uradi. «Real» bu faqat Ronaldu degani emas, ammo u o‘zining g‘aroyib o‘yini bilan jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shmoqda.Uni to‘xtatib qolishimiz mumkin. Bu omad bo‘ladi.
Men «Real»ni juda hurmat qilaman. Biroq bu biz ularni yuta olmaymiz degani emas. Agarda sen EChL finalida o‘ynamoqchi bo‘lsang, katta klublarni mag‘lub etishingga to‘g‘ri keladi”, – deb aytib o‘tdi Kellini.
Fikrlar