
Klopp APLning dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
Angliya premer-ligasida o‘tgan dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi.
Musobaqa rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu mukofot “Liverpul” ustozi Yurgen Kloppga nasib etdi. Germaniyalik mutaxassis bu borada Nunu Eshpiritu Santu, Manuel Pellegrini, Maurisio Pochettino va Mauritsio Sarri kabi mutaxassislarni ortda qoldirishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Klopp boshqaruvidagi mersisaydliklar o‘tgan oy APLning 7ta o‘yinida 7ta g‘alabaga erishishgan edi.
Fikrlar