
Klopp: Endi bizda 60 ochko bor, bu juda ajoyib
"Boshimizdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. O‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik. "Kristal Pelas" doimo "Liverpul" bilan yaxshi o‘ynagan. Ular qarshi hujumda ajoyib harakatlanishadi. Ayniqsa, Uilfrid Zaa jahon darajasidagi futbolchi.
Biz uchrashuvni nazorat qilishga harakat qildik, ammo ba’zan bizga sabr etishmadi. Raqib o‘z yarim maydonidan chiqmadi va shu bois cheklangan maydonda harakat qilishimizga to‘g‘ri keldi.
Natija muhim, endi bizda 60 ochko bor. Men jamoamdan fahrlanaman. Bizga bir nechta futbolchi etishmayapti, ammo orada tiklanish uchun bir necha kun vaqtimiz bor", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar