Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 05.09.2018 08:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pekerman o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Fox Sports xabar tarqatmoqda.

Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra Pekerman tez orada Argentina terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Pekerman boshchiligidagi Kolumbiya joriy yoz Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018ning 1/8 finaliga qadar etib borgan va ushbu bosqichda Angliyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!